Shveysariya Belgiya darvozasiga 5 ta gol urib, pley-offga chiqdi va boshqa natijalar

Shveysariya Belgiya darvozasiga 5 ta gol urib, pley-offga chiqdi va boshqa natijalar
Millatlar ligasida dastlabki bosqich nihoyasiga yetib bormoqda.

«A» ligasining 2-guruhida Shveysariya asosiy raqibi Belgiyani qabul qilib, 5:2 hisobida g‘alaba qozondi. Vaholanki, o‘yinda dastlabki gollar mehmonlar tomonidan urilgan, Eden Azar dubl qayd etib Belgiyani ikkita to‘p farqi bilan hisobda oldinda borishini ta’minlagan edi. Ammo Shveysariya birinchi bo‘limning o‘zidayoq 0:2 hisobini 3:2 ko‘rinishiga keltira oldi, ikkinchi bo‘limda yana ikki marta Tibo Kurtua darvozasi ishg‘ol etildi. Mezbonlar hujumchisi Haris Seferovich o‘z xet-trigi bilan g‘alabaga katta ulush qo‘shdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Shveysariya ochkolar hisobi bo‘yicha Belgiyaga yetib olish bilan birga to‘plar nisbatiga ko‘ra undan o‘zib ham ketdi va liga pley-offiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Belgiya termasi «A» ligasidagi o‘rnini saqlab qolgan bo‘lsa, 4 uchrashuvda birorta ham ochko to‘play olmagan Islandiya quyi ligaga yo‘l oladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar «A» ligasining uchinchi va to‘rtinchi guruhlarida g‘oliblar aniqlangan, unga ko‘ra Portugaliya va Angliya terma jamoalari yarim finalga yo‘l olgani ma’lum bo‘lgandi. Bugun va ertaga bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlardan so‘ng dastlabki bosqichga to‘la yakun yasaladi.

Millatlar ligasi

Shveysariya – Belgiya 5:2 (3:2, 2:0)
Gollar:
0:1 – 2 Azar, 0:2 – 17 Azar, 1:2 – 26, penalti Rodriges, 2:2 – 31 Seferovich, 3:2 – 44 Seferovich, 4:2 – 62 Elvedi, 5:2 – 84 Seferovich.
Shveysariya – Zommer, Elvedi, Mbabu, Kloze, Rodriges, Suber (Benito, 87), Jaka, Froyler (Zakariya, 79), Fernandesh, Shakiri, Seferovich (Ayeti, 90).
Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Kompani, Boyata, Mene (Origi, 90), Shadli (Batshuayi, 65), Vitsel, Azar, Tilemans, Azar, Mertens.
Shveysariya Belgiya darvozasiga 5 ta gol urib, pley-offga chiqdi va boshqa natijalar
Angliya – Xorvatiya 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar:
0:1 – 57 Kramarich, 1:1 – 78 Lingard, 2:1 – 85 Keyn.
Angliya – Pikford, Stounz, Gomes, Chiluell, Delf (Lingard, 73), Barkli (Alli, 63), Dayer, Sterling, Uoker, Reshford (Sancho, 73), Keyn.
Xorvatiya – Kalinich, Lovren, Yedvay, Vrsalko (Milich, 26), Vida, Vlashich (Rog, 79), Brozovich, Perishich, Modrich, Rebich (Brekalo, 46), Kramarich.

Moldova – Lyuksemburg 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar:
1:0 – 58, penalti Gыnsar, 1:1 – 70 Bensi.

Shimoliy Irlandiya – Avstriya 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar:
0:1 – 49 Shlager, 1:1 – 57 Evans, 1:2 – 90 Lazaro.

San-Marino – Belarus 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar:
0:1 – 8 Dragun, 0:2 – 53 Saroka.

Vengriya – Finlyandiya 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar:
1:0 – 29 Salai, 2:0 – 37 Nad.

Gretsiya – Estoniya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol:
0:1 – 44, avtogol Lambropulos.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.