«Atletiko Madrid» va «Deportivo» ishqibozlari o‘rtasidagi mushtlashuv vaqtida bir kishi halok bo‘ldi


Ispaniyaning «Atletiko Madrid» va «Deportivo» futbol klublari ishqibozlari o‘rtasidagi mushtlashuv natijasida bir kishi halok bo‘ldi.
Vesti.ru xabariga ko‘ra, hodisa futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati 13-turi doirasidagi «Atletiko Madrid» – «Deportivo» uchrashuvi arafasida, Madriddagi «Visente Kalderon»atrofida sodir bo‘lgan.
Xabar berishlaricha, mushtlashuv vaqtida ishqibozlardan birini daryoga otib yuborishgan, suvga tushib ketgan ishqiboz esa muzlab qolish natijasida vafot etgan.
Ma’lumot uchun, «Atletiko Madrid» va «Deportivo» o‘rtasidagi bahs 2:0 hisobida madridliklar g‘alabasi bilan yakuniga etdi.
Manba: Kun.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













