"River Pleyt" Libertadores kubogi sohibi bo‘ldi

Argentinaning \"River Pleyt\" klubi Libertadores kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Jamoa Madrid shahridagi \"Santyago Bernabeu\" stadionida \"Boka Xuniors\"ga qarshi o‘tkazilgan bahsda 3-1 hisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvning 44-daqiqasida \"Boka Xuniors\" futbolchisi Benedetto hisobni ochgan bo‘lsa, 68-daqiqada Pratto hisobni tenglashtirdi. 102-daqiqaga kelib esa Kintero himoyadagi bo‘shliqdan unumli foydalanib, hisobni 2-1 ko‘rinishiga keltirdi. Uchrashuvning so‘nggi soniyalariga kelib burchak zarbasidan keyingi qarshi hujumdan unumli foydalangan Martines hisobni yakuniy ko‘rinishga olib keldi: 3-1.
\"River Pleyt\" o‘z tarixida to‘rtinchi marotaba ushbu turnirdagi g‘alabasini nishonlamoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Uchrashuvning 44-daqiqasida \"Boka Xuniors\" futbolchisi Benedetto hisobni ochgan bo‘lsa, 68-daqiqada Pratto hisobni tenglashtirdi. 102-daqiqaga kelib esa Kintero himoyadagi bo‘shliqdan unumli foydalanib, hisobni 2-1 ko‘rinishiga keltirdi. Uchrashuvning so‘nggi soniyalariga kelib burchak zarbasidan keyingi qarshi hujumdan unumli foydalangan Martines hisobni yakuniy ko‘rinishga olib keldi: 3-1.
\"River Pleyt\" o‘z tarixida to‘rtinchi marotaba ushbu turnirdagi g‘alabasini nishonlamoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













