Shohjahon Ergashev va Nazareno Gaston Ruiz vazn o‘lchashdi (foto)

Shohjahon Ergashev va Nazareno Gaston Ruiz vazn o‘lchashdi (foto)
Ertaga, 14 dekabr kuni yengilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev Rossiyaning Krasnodar shahrida o‘zining 16 jangini o‘tkazadi.

U mazkur jangda argentinalik Nazareno Gaston Ruiz bilan bahslashadi. Ushbu jangdan oldin ikki bokschi o‘rtasida vazn o‘lchash marosimi o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, Shohjahon 64,5 kg tosh bosgan bo‘lsa, tarozi Nazarenoning vaznini 66 kg ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga Rossiyaning \"Boks TV\" kanalida Toshkent vaqti bilan 20:45dan boshlab Shohjahon Ergashev va Nazareno Gaston Ruiz jangi jonli efirda ko‘rsatiladi.
Shohjahon Ergashev va Nazareno Gaston Ruiz vazn o‘lchashdi (foto)
Shohjahon Ergashev va Nazareno Gaston Ruiz vazn o‘lchashdi (foto)
Shohjahon Ergashev va Nazareno Gaston Ruiz vazn o‘lchashdi (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.