Fozil Musayev: "Futbolchilarning ishtiyoqi nihoyatda baland"

Fozil Musayev: "Futbolchilarning ishtiyoqi nihoyatda baland"
Bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan Fozil Musayev O‘FA Matbuot xizmatiga Birlashgan Arab Amirliklaridagi birinchi kun mashg‘ulotlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

\"Birinchi kun ajoyib tarzda o‘tdi. Parvoz biroz toliqtirganiga qaramay, hamma yaxshi kayfiyatda. Bizga yaratilgan barcha sharoitlar a’lo darajada deb aytish mumkin. Ayniqsa, bunday ob-havoda futbol o‘ynash juda qulay. Haddan ziyod issiq ham emas, sovuq ham emas.

Mashg‘ulotlarda mazza qilib harakat qildik. Birinchi kun mashg‘ulotlari odatda yengil tarzda o‘tadi. Terma jamoada ajoyib muhit hukmron. Barcha bir-birini qo‘llab-quvvatlamoqda. Futbolchilarning ishtiyoqi nihoyatda baland, barcha kurashga tayyor. Maydonga faqat g‘alaba uchun tushamiz\", - deya aytib o‘tdi Fozil Musayev.

Manba: O‘FA
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.