Ulug‘bek Mirzayev "Bunyodkor" direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Ulug‘bek Mirzayev "Bunyodkor" direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
Bugun bosh murabbiy tanishtiruv marosimi yakuniga yetgach, \"Bunyodkor\" klubi majlislar zalida klub ta’sischilari ishtirokida navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish o‘tkazildi.

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, \"O‘ztransgaz\", \"Neftgazmontaj\", \"Ko‘kdumaloqgaz\", \"Gissarneftgaz\", \"O‘zneftmahsulot\" kompaniyalari \"Bunyodkor\" klubi ta’sischilari hisoblanadi.

Ushbu ta’sischi kompaniya rahbarlari qatnashgan navbatdan tashqari yig‘ilishda \"Bunyodkor\" jamoasi bosh direktor vazifasini bajaruvchi lavozimiga Ulug‘bek Mirzayevning rasmiy tayinlanish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Barcha ta’sischi kompaniyalar tomonidan U.Mirzayevning tayinlanganligi bir ovozdan ma’qullandi. Shuningdek, yig‘ilishda \"Bunyodkor\" futbol klubiga oid boshqa tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.