Piter Odemvingiye «Bunyodkor»da to‘p tepadimi?

Piter Odemvingiye «Bunyodkor»da to‘p tepadimi?
Taniqli nigeriyalik futbolchi Piter Odemvingiye ayni paytda Toshkentda bo‘lib turibdi. Kun.uz manbasining tasdiqlashicha, uni «Bunyodkor» bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z klubida to‘p surish uchun taklif etgan.

37 yoshli hujumchini bugun «qaldirg‘ochlar»ning «Buxoro»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini kuzatayotgan «Bunyodkor» murabbiylari bilan ko‘rishgan. Manba ma’lumotiga ko‘ra, Abramov haqiqatan ham uni jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida chaqirgan, ammo «Bunyodkor» rahbariyatiga bu nomzod bilan shartnoma imzolash varianti ma’qul kelmagan.

Odemvingiye ertaga, 10 fevral kuni Toshkentdan jo‘nab ketishi kutilmoqda.
Piter Odemvingiye «Bunyodkor»da to‘p tepadimi?
Foto: O‘zA

Ma’lumot uchun, Piter 1981 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Faoliyati davomida «Lill», «Lokomotiv» Moskva, «Vest Bromvich», «Kardiff» va «Stok Siti» kabi klublarda o‘ynagan; Nigeriya terma jamoasi safida Afrika millatlar kubogining uch karra bronza medali sohibi bo‘lgan. U 2017 yildan buyon Indoneziyaning «Madura Yunayted» klubi sharafini himoya qilayotgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.