“Barselona” yana Grizmanni sotib olish masalasini koʻrib chiqmoqchi

“Barselona” yana Grizmanni sotib olish masalasini koʻrib chiqmoqchi
“Barselona” klubi hali-xanuz “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmanni qoʻlga kiritish fikridan qaytgani yoʻq.
Katalonlar fransiyalik futbolchini oʻtgan yozda sotib olishga uringandilar, klub bu safar ham uni qoʻlga kiritishga urinib koʻrmoqchi.

Grizmanning “Atletiko” bilan 200 million tovon puliga ega amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar moʻljallangan. Shu bilan bir qatorda 2019 yilning iyuniga qadar 120 mln yevrolik tovon puli amalda boʻladi.

Futbolchining oʻzi YECHLdan chiqib ketgach madridliklar safidagi kelajagiga shubha bilan qaramoqda.
“Barselona” esa Grizmanning vakillari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.