Mourino YECHL finaliga qaysi jamoalar chiqishini taxmin qildi

Mourino YECHL finaliga qaysi jamoalar chiqishini taxmin qildi
Portugaliyalik mashhur mutaxassis Joze Mourino Chempionlar ligasining bu mavsumida hal qiluvchi bahsga “Barselona” va “Yuventus” jamoalari yetib borishini taxmin qildi.

“Barselona” va “Yuventus” Chempionlar ligasi finalida ishtirok etish uchun eng zoʻr nomzodlar deb oʻylayman. Biroq, ingliz klublari haqida ham unutmaslik lozim. Biroq, men finalga yuqoridagi ikki jamoa chiqishiga ishonaman. Chunki, ular tarkibida dunyoning eng zoʻr futbolchilari toʻp surishmoqda”, - deydi Mourino.

Eslatib oʻtamiz, YECHL chorak finalida “Yuventus” “Ayaks”ga qarshi, “Barselona” esa “Manchester Yunayted”ga qarshi bahs olib boradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.