"Siti" safarda "MYu"ni yengib, peshqadamlikka qaytdi (video)

"Siti" safarda "MYu"ni yengib, peshqadamlikka qaytdi (video)
Angliya chempionati 31-turining qoldirilgan uchrashuvlari o‘tkazildi.
\"Manchester Yunayted\" o‘z maydonida \"Manchester Siti\"ni qabul qilib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvning 54-daqiqasida Bernardu Silva hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 12 daqiqa o‘tib, Sane jamoasining ishonchli g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa, \"Siti\" o‘yinlari soni borasida \"Liverpul\" bilan tenglashib, ulardan 1 ochko ko‘proq to‘plagan holda yetakchilikni qaytarib oldi.
"Siti" safarda "MYu"ni yengib, peshqadamlikka qaytdi (video)
Manchester Yunayted – Manchester Siti 0:2
Gollar:
0:1 – 54 Bernardu Silva, 0:2 – 66 Sane.
Manchester Yunayted – De Xea, Lindelyof, Smolling, Darmian (Sanches, 83), Shou, Pereyra (Lukaku, 72), Pogba, Lingard (Marsyal, 83), Fred, Yang, Reshford.
Manchester Siti – Ederson, Kompani, Laport, Uoker, Zinchenko, Gyundogan (Danilo, 89), Fernandino (Sane, 51), Bernardu Silva, Silva, Sterling, Aguero (Gabriel Jezus, 89).
Ogohlantirishlar: Kompani (10), Pereyra (24), Zinchenko (26), Shou (89).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.