Shukurjon Rahimov mo‘g‘ulistonlik bokschiga yutqazib, chempionatni bronza medali bilan yakunladi

Shukurjon Rahimov mo‘g‘ulistonlik bokschiga yutqazib, chempionatni bronza medali bilan yakunladi
Hozirgina Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yarim finali doirasida yana bir jang yakunlandi.

-60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Shukurjon Rahimov yarim final jangida mo‘g‘ulistonlik Sendbaatar Yerdenebatga qarshi ringga chiqib, raqibiga ochkolar hisobida yutqazib qo‘ydi. Shu tariqa Shukurjon Osiyo chempionatini bronza medali bilan yakunladi.

Avvalroq erkaklar o‘rtasida Nodirjon Mirzaahmedov, Miraziz Mirzahalilov, hamda Sanjar Tursunov yarim final janglarida raqiblarini mag‘lub etib, finalga chiqqan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.