Uzoq kutilgan Uaylder - Brizil jangi bir raund davom etdi

Uzoq kutilgan Uaylder - Brizil jangi bir raund davom etdi
Hozirgina AQShning Nyu-York shtati Bruklin shahrida uzoq kutilgan professional boks kechasi yakunlandi.

Oqshomning markaziy jangida superog‘ir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylder da’vogar bokschi Dominik Brizilga qarshi ringga ko‘tarildi. Kutilganidek jang uzoq davom etmadi.

Uaylder birinchi raundning o‘zida raqibini o‘ng qo‘lda bergan kuchli zarbasi evaziga nokaut qildi. Bu bilan Deontey o‘ziga tegishli WBC chempionlik kamarini to‘qqizinchi marotaba himoya qildi.

Manba: olamsport.com
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.