OChL guruh bosqichi. "Al Ahli" - "Paxtakor" 2:1 (video)

OChL guruh bosqichi. "Al Ahli" - "Paxtakor" 2:1 (video)
Xabaringiz bor kecha OChL guruh bosqichi 6-turidan o‘rin olgan \"Al Ahli\" hamda \"Paxtakor\" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan muhtasham \"Qirol Abdulloh\" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Omar Al Soma hamda Abdulrahmon G‘ariblar tomonidan kiritilgan gollarga \"sherlar\" safida Igor Sergeyev bir bor javob qaytardi.

Shu tariqa \"sherlar\" 8 ochko bilan guruhda qolib ketishdi. Bugungi g‘alaba natijasida o‘z ochkolari sonini 9 taga yetkazib olgan \"Al Ahli\" esa 2-o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.