Braziliyalik hujumchi Xitoy terma jamoasida o‘ynaydi

Braziliyalik hujumchi Xitoy terma jamoasida o‘ynaydi
«Shanxay SIPG» klubi hujumchisi Elkeson Xitoy terma jamoasiga chaqirildi. Bu haqda «Futbolium» kanali tomonidan xabar tarqatilgan.

Asli kelib chiqishi braziliyalik bo‘lgan hujumchi Xitoyda 5 yil davomida faoliyat olib bordi va FIFA qoidalariga ko‘ra ushbu mamlakat terma jamoasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi. Xitoy terma jamoasi shu tariqa JCh-2022 saralashi oldidan tarkibni kuchaytirishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2022 saralashi bahslari joriy yilning sentyabr oyida boshlanishi kutilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.