Shota Arveladze: "Javohir Sidiqov 6 oyga safdan chiqdi"

Shota Arveladze: "Javohir Sidiqov 6 oyga safdan chiqdi"
\"Paxtakor\" - AGMK (4:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Shota Arveladze o‘z fikrlarini bildirdi.
\"Osiyo chempionlar ligasidagi \"Al Ahli\"ga qarshi salbiy natijadan keyin ruhan qiyin edi. Biz OChLga albatta qaytamiz, ammo bu vaqt masalasi. Birinchi taymda omadimiz keldi.

To‘rt kundan so‘ng biz Liga Kubogi doirasida o‘ynaymiz. Ko‘plab futbolchilarimiz terma jamoaga ketishadi, shu bois yoshlarni sinab ko‘rdik.

Javohir Sidiqov taxminan 6 oyga safdan chiqdi. Afsuski u mavsum oxirida maydonga tushishi mumkin xolos. Hamdamov ham ikki haftaga safdan chiqdi. Undan oldinroq Sadriddin Abdullayev ham operatsiya qilingandi.

Jahongir Ahmadov U-21 birinchiligida qizil kartochka oldi va 3 ta o‘yinni o‘tkazib yuboradi. O‘ng qanotdagi Sayfiyevning harakatlarini kuzatish qiziq bo‘ldi\", - deydi Shota Arveladze.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.