Petr Chex: Messini yana to‘xtatib qolmoqchiman

Petr Chex: Messini yana to‘xtatib qolmoqchiman
Petr Chex: Messini yana to‘xtatib qolmoqchiman

“Arsenal” jamoasi darvozaboni Petr Chex Evropa Chempionlar Ligasi 1/8 final uchrashuvlari doirasida Kataloniyaning “Barselona” klubi bilan uchrashuvda raqibning asosiy hujumchisi Lionel Messi bilan yuz beradigan navbatdagi to‘qnashuvi haqida aytib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Joriy mavsumdan “kanonirlar” a’zosiga aylangan bu tajribali darvozabon “Arsenal”da bu bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tish uchun barcha imkoniyat mavjudligini ham aytib o‘tgan.

“Bu ajoyib. Har kim ham Messiga qarshi sakkiz marta o‘ynab, bironta gol o‘tkazib yubormaganman deya olmaydi.

Men yana Messini to‘xtatmoqchiman, ammo Messi gol ursa ham, “Arsenal“ keyingi bosqichga chiqsa, men bu borada xavotir olmayman.

Biz keyingi bosqichga chiqa olishmizga ishonishimiz kerak“, — degan Chex.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.