Yevro-2020. Ukraina Serbiyaga javobsiz 5 ta gol urdi va boshqa natijalar

Yevro-2020. Ukraina Serbiyaga javobsiz 5 ta gol urdi va boshqa natijalar
Juma oqshomida Yevro-2020 saralashi guruh bosqichining 3-turi boshlandi.

Tur doirasida eng yirik hisob Ukraina–Serbiya o‘yinida kuzatildi. Lvovdagi bahsda mezbonlar 5:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Yana bir yirik hisob Farer orollari – Ispaniya uchrashuvida qayd etildi, bahs ispanlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.

Shuningdek, Shvetsiya Maltani, Isroil Latviyani, Gruziya Gibraltarni 3:0 hisobida yengdi. Polsha va Chexiya milliy jamoalari mos ravishda Makedoniya va Bolgariyani mag‘lub etishdi. Daniya–Irlandiya, Norvegiya–Ruminiya, Litva–Lyuksemburg va Qoratog‘–Kosova uchrashuvlarida durang qayd etildi.

Yevro-2020 saralashi
3-tur. 7 iyun
Gruziya – Gibraltar 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar:
1:0 – 30 Gviliya, 2:0 – 59 Papunashvili, 3:0 – 76, penalti Arveladze.

Avstriya – Sloveniya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:
1:0 – 74 Burgshtaller.

Makedoniya – Polsha 0:1 (0:0, 0:1)
Gol:
0:1 – 47 Piontek.
Polsha – Fabianski, Bednarek, Glik, Kendzera, Bereshinski, Zelinski, Frankovski (Piontek, 46), Klix (Guralski, 90), Krыxovyak, Grositski (Ribus, 70), Levandovski.
Chetlatish: Musliu (85, Makedoniya).

Litva – Lyuksemburg 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar:
0:1 – 20 Rodriges, 1:1 – 74 Novikovas.
Chetlatishlar: Mikolyunas (42), Vorobev (90) – ikkisi ham Litva

Ukraina – Serbiya 5:0 (2:0, 3:0)
Gollar:
1:0 – 26 Siankov, 2:0 – 28 Sigankov, 3:0 – 46 Konoplyanka, 4:0 – 59 Yaremchuk, 5:0 – 75 Konoplyanka.
Ukraina – Pyatov, Mikolenko, Matviyenko, Krivsov, Karavayev, Malinovskiy, Stepanenko (Shepelev, 72), Sigankov, Konoplyanka (Kovalenko, 76), Zinchenko, Yaremchuk (Kravets, 67).
Serbiya – Dmitrovich, Milenkovich, Kolarov, Spayich, Gachinovich, Kostich, Tadich, Maksimovich, Lyayich (Feysa, 59), Yovich (Lazovich, 72), Priyovich (Mitrovich, 53).
Ogohlantirishlar: Milenkovich (22), Spayich (32).

Chexiya – Bolgariya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar:
0:1 – 3 Isa, 1:1 – 19 Shik, 2:1 – 50 Shik.
Chexiya – Vatslik, Kaderjabek, Suxi, Chelyustka, Novak, Pavelka, Kral, Masopust (Kopits, 66), Souchek, Yankto (Kreychi, 83), Shik (Dolejal, 78).

Qoratog‘ – Kosovo 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar:
0:1 – 24 Rashitsa, 1:1 – 69 Mugosha.

Latviya – Isroil 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar:
0:1 – 9 Zaxavi, 0:2 – 59 Zaxavi, 0:3 – 80 Zaxavi.

Farer orollari – Ispaniya 1:4 (1:3, 0:1)
Gollar:
0:1 – 5 Ramos, 0:2 – 19 Navas, 1:2 – 30 Olsen, 1:3 – 33, avtogol Gestson, 1:4 – 71 Gayya.
Ispaniya – Arrisabalaga, Ermoso, Ramos (Lorente, 46), Gayya, Serdji Roberto, Rodri Ernandes, Navas, Kasorla, Isko (Fabian Ruis, 74), Aspas (Asensio, 56), Morata.

Norvegiya – Ruminiya 2:2 (0:0, 2:2)
Gollar:
1:0 – 56 Elyunussi, 2:0 – 70 Edegor, 2:1 – 76 Kesheryu, 2:2 – 90 Kesheryu.

Shvetsiya – Malta 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar:
1:0 – 2 Kvayson, 2:0 – 50 Klasson, 3:0 – 81 Isak.

Daniya – Irlandiya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar:
1:0 – 76 Xeyberg, 1:1 – 85 Daffi.
Daniya – Shmeyxel, Kristensen, Larsen, Ker, Dalsgor, Dileyni, Eriksen, Shene (Xeyberg, 72), Yorgensen, Poulsen, Breytueyt (Dolberg, 65).
Irlandiya – Rendolf, Koulmen, Stivens, Daffi, Kio, Xurixeyn (Xogan, 82), Breydi (Djadj, 66), Xendrik, Makkleyn, Uelan, Makgoldrik (Robinson, 88).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.