Hisob 21:18. Osiyoda bir uchrashuvda 39 ta gol kiritildi (video)

Hisob 21:18. Osiyoda bir uchrashuvda 39 ta gol kiritildi (video)
Makao Kubogi doirasida \"Ka Ay\" hamda \"Xang Say\" jamoalari ishtirokidagi o‘yin 21:18 hisobida yakunlandi.
\"Macau Daily Times\" xabariga ko‘ra, tomonlar gollarni atayin o‘tkazib yuborgan. Shu orqali ular Makao futbol federatsiyasiga norozilik uyushtirishgan. Qayd etish kerak, Makao FF milliy termani JCh-2022 saralashi doirasida Shri-Lankaga qarshi uchrashuvda qatnashishiga ruxsat bermagan.

Ma’lumot uchun, Makao saralashda Shri-Lankaga qarshi o‘z maydonida o‘tgan ilk uchrashuvda 1:0 hisobida g‘alabaga erishgandi. Keyinchalik Shri-Lankada sodir bo‘lgan terakt tufayli Makao FF termani u yerga borishiga ruxsat bermadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.