Rossiya klubi yangi formalarini o‘zgacha uslubda taqdim etdi (foto, video)

Rossiya klubi yangi formalarini o‘zgacha uslubda taqdim etdi (foto, video)
Rossiya ikkinchi darajali ligasi - FNL ishtirokchisi \"Yenisey\" Nike ishlab chiqqan yangi libosini taqdim etdi.
Jamoa 2019/20 mavsumda qizil va qora rangdagi libolarda to‘p tepadi.

\"Qizil-ko‘klar\" bu voqea munosabati bilan maxsus rolik suratga olishdi:

2019 yil. \"Yenisey\" Premer-ligani tark etdi va natijada galatikalararo portlash yuz berib, koinot aralashib ketdi. Vaziyatni o‘nglash va hammasini o‘z joyiga qaytarish uchun butun dunyoning superqahramonlari birlashishdi.

Bu yil uy formasi an’anaviy qizil rangda, mehmonda ishlatiladigan libos esa qorada.
Rossiya klubi yangi formalarini o‘zgacha uslubda taqdim etdi (foto, video)
Rossiya klubi yangi formalarini o‘zgacha uslubda taqdim etdi (foto, video)
Ikkala libos ham tanaga yopishmaydigan, tez quruvchi Nike VaporKnit matosidan ishlangan.
\"Yenisey\" aynan shu libosda Milliy futbol ligasi yangi mavsumida maydonga tushadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.