Shahobiddin Zoirov Rossiyada chorak final jangini o‘tkazdi

Shahobiddin Zoirov Rossiyada chorak final jangini o‘tkazdi
Rossiya Federatsiyasining Kaspiysk shahrida boks bo‘yicha xalqaro xotira turniri davom etmoqda.
Olimpiada chempioni, -52 kg vaznli bokschimiz Shahobiddin Zoirov chorak finalda ozarbayjonlik Mirmexti Mextizadaga qarshi jang o‘tkazdi.

Bokschimiz birinchi raunddayoq o‘zining zarbalar seriyasini uyushtirdi. Natijada hakam hisobni ochdi. Ozarbayjonlik bokschining murabbiylari o‘sha payt jangni to‘xtatishni ma’qul ko‘rishdi. Shu tariqa, Zoirov birinchi raunddayoq g‘alabaga erishib, yarim finalga yo‘l oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.