Shomurodov Rossiya premer-ligasi to‘purarlar poygasida 1-o‘ringa chiqib oldi

Shomurodov Rossiya premer-ligasi to‘purarlar poygasida 1-o‘ringa chiqib oldi
Xabaringiz bor ayni damda Rossiya premer-ligasining 5-turidan o‘rin olgan “Rostov” hamda “Krilya Sovetov” jamoalari bahsi bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvni doimgidek asosiy tarkibda boshlagan hamyurtimiz Eldor Shomurodov 33-daqiqaga kelib raqib darvozasini ishg‘ol etdi va rostovliklarni oldinga olib chiqdi.

E’tiborlisi, ushbu gol 24 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi uchun joriy mavsum RPLdagi 4-gol bo‘ldi va u to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilayotgan Artyom Dzyuba (“Zenit”) va Aleksandr Sobolevlarga (“Krilya Sovetov”) yetib oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.