Venger Moskvaning "Lokomotiv"ida ish boshlashi mumkin

Venger Moskvaning "Lokomotiv"ida ish boshlashi mumkin
Moskvaning \"Lokomotiv\" klubi Arsen Vengerning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
\"Soccer Link\" xabariga ko‘ra, Rossiya klubi fransiyalik mutaxassisga kelasi mavsumdan boshlab ish boshlashi borasida taklif yuborgan.

Ayni damda Venger FIFAda faoliyat olib bormoqda. Oldinroq u \"Bavariya\"ning taklifini rad etgani borasida ma’lumotlar berilgandi.

69 yoshli mutaxassisning so‘nggi jamoasi \"Arsenal\" bo‘lgandi. Uning qo‘l ostida \"kanonirlar\" uch bora Angliya chempioni bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, uch mavsumdan buyon \"Lokomotiv\"ni Yuriy Semin boshqarib kelmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.