«Surxon» o‘z maydonida «Qizilqum»ni mag‘lubiyatga uchratdi

«Surxon» o‘z maydonida «Qizilqum»ni mag‘lubiyatga uchratdi
28 avgust, chorshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 18-turining so‘nggi uchrashuvida Termizning «Surxon» klubi o‘z maydonida Navoiyning «Qizilqum»ini qabul qildi.

Bellashuv davomida mezbon jamoa vakillari Abdulaziz Yusupov (66) hamda Shohnazar Norbekov (71) tomonidan urilgan gollar «Surxon»ning «Qizilqum» ustidan ishonchli g‘alabasini ta’minladi va termizliklar muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

18-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
«Surxon» o‘z maydonida «Qizilqum»ni mag‘lubiyatga uchratdi
«Surxon»—«Qizilqum» 2:0
Gollar:
1:0 — 66 Abdulaziz Yusupov, 2:0 — 71 Shohnazar Norbekov

«Surxon»: Asilbek Omonov, Abduqahhor Xojiakbarov, Azamat Isroilov (Asror G‘ofurov 46), Rahmatullo Berdimurodov, Shavkat Salomov (Duglas Do Nasimento 83), Abdulaziz Yusupov, Abror Ismoilov, Vladimir Bubanya, A’zam Aliyev, Darko Stanoyevich, Lukas De Oliveyra (Shohnazar Norbekov 46).

«Qizilqum»: Yevgeniy Cheremisin, Alisher Sanoyev, Lasha Totadze (Suhrobjon Yarashev 68), Stiven Lustitsa (Mirjalol Qosimov 62), Salim Mustafoyev, Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Aziz Usmonov, Ruslan Margiyev, Mate Vatsadze (Humoyun Abdualimov 89), Doston Ibragimov.

Ogohlantirishlar: Vatsadze (75)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.