"Navbahor"ning rossiyalik legionerlari Namanganga qaytib keldi

"Navbahor"ning rossiyalik legionerlari Namanganga qaytib keldi
“Lochinlar” bugun o‘z qarorgohlarida yig‘ilishdi. Shu bois, qisqa muddatli ta’tilni o‘z vatanida o‘tkazgan “Navbahor”ning rossiyalik legionerlari – himoyachi, shuningdek, jamoamiz sardori Igor Golban, yarim himoyachi Ivan Solovyov va hujumchi Aleksandr Kasyan bugun Namanganga yetib kelishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Mazkur futbolchilarni Namangan aeroportida “Navbahor” xodimlari hamda fan-klub a’zolari, shuningdek, jamoaning sodiq va ashaddiy muxlislari kutib olishdi.
“Lochinlar”ning serbiyalik legioneri – himoyachi Slavko Lukichning Namanganga ertaga yetib kelishi kutilmoqda.

Tojikistonlik yarim himoyachi Amirbek Jo‘raboyev esa Tojikiston terma jamoasi bilan JCh-2022 saralash bahslarida ishtirok etishi munosabati bilan “Navbahor” tarkibiga biroz keyinroq qo‘shiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.