Luis Suares: Barselonada Messining davri tugayotganga o‘xshaydi

Luis Suares: Barselonada Messining davri tugayotganga o‘xshaydi
Luis Suares: Barselonada Messining davri tugayotganga o‘xshaydi

\"Barselona\" hujumchisi Luis Suaresning fikricha, uning jamoadoshi Lionel Messining jamoadagi erasi tugamoqda, deb xabar bermoqda Stadion.uz.

Avvalroq, \"Chelsi\" bosh murabbiyi Joze Mourino Messining otasi bilan aloqaga chiqqanligi xabar qilingan edi.

\"Messi \"Barselona\"dan rozi deb o‘ylayman, klub uning faoliyatida katta yordam bergan. Unga juda katta pul taklif qilishsa, Messi ikkilana boshlashi mumkin. Futbolchi ikkilanayotgan vaqtda ehtiyotkorlik kerak.

Balki, \"Barselona\"da Messining erasi tugayotgandir. Avvalroq aytilsa, erish tuyuladigan gaplar aylanmoqda. Buning ustiga hech narsa hal qilingani yo‘q, bunga vaqt kerak\", - deydi Suares.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.