Maradonaning tanishtiruv marosimiga 25 mingdan ziyod muxlis keldi (foto, video)

Maradonaning tanishtiruv marosimiga 25 mingdan ziyod muxlis keldi (foto, video)
Argentinalik mashhur sobiq futbolchi Diyego Maradona \"Ximnastiya La Plata\" jamoasi bilan shartnoma imzolaganligi borasida xabar bergan edik.
Maradonaning tanishtiruv marosimiga 25 mingdan ziyod muxlis keldi (foto, video)
Uning kecha bo‘lib o‘tgan tanishtiruv marosimini ko‘rish uchun \"El Boske\" stadioniga 25 mingdan ziyod muxlis tashrif buyurdi. Muxlislar uni futbolka, niqob va hattoki tatuajlar bilan kutib olishdi. Maydonga esa afsonaviy futbolchining katta libosi, \"Ximnastiya\"ning ramzi bo‘lgan bo‘ri olib chiqildi.
Maradonaning tanishtiruv marosimiga 25 mingdan ziyod muxlis keldi (foto, video)
58 yoshli mutaxassis o‘zining otashin nutqi bilan yig‘ilganlarning olqishiga ham sazovor bo‘ldi.
Maradonaning tanishtiruv marosimiga 25 mingdan ziyod muxlis keldi (foto, video)
\"Men birorta mashg‘ulotni o‘tkazib yubormayman. Kim mashg‘ulotlarda yaxshi ishtirok etmasa, u o‘ynamaydi. Va’da beramanki, shu yerda ekanman mazkur klub barchaga o‘rnak bo‘ladi. Men sehrgar emasman, ammo ishlashni yaxshi ko‘raman\", - dedi Maradona.
Maradonaning tanishtiruv marosimiga 25 mingdan ziyod muxlis keldi (foto, video)
Maradonaning tanishtiruv marosimiga 25 mingdan ziyod muxlis keldi (foto, video)Maradonaning tanishtiruv marosimiga 25 mingdan ziyod muxlis keldi (foto, video)
Mazkur tanishtiruv marosimini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: VIDEO-1
VIDEO-2
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.