O‘zbekistonlik "Kichik Tayson" WBO reytingida paydo bo‘ldi

O‘zbekistonlik "Kichik Tayson" WBO reytingida paydo bo‘ldi
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) sentyabr oyi reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, (-50,80 kg, 112 fut) vazn toifasida ringga chiqayotgan “Kichik Tayson” deya e’tirof etiluvchi, Olimjon Nazarov (19-5, 11 KO) ham ilk marta o‘rin oldi. Yangi reytingda u 14-pog‘onadan o‘rin egallagan.

Xabaringiz bor, Olimjon Nazarov avgust oyida filippinlik Ivan Sorianoni (20-3-1, 10 KO) ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratib, “WBO international Flyweight Title” chempionlik kamari sohibi bo‘lgandi.

Qolaversa, (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov (16-0, 9 KO) bu oyda ham o‘z o‘rnini saqlagan holatda 11-o‘rinni band etgan. Shuningdek,Qudratillo Abduqahhorov IBF reytingida birinchi, WBC reytingida esa oltinchi o‘rinda qayd etilgan.

Super yengil vazn (-63,5 kg) toifasida o‘z janglarini o‘tkazadigan hamyurtimiz Shohjahon Ergashev (16-0, 14 KO) avvalgi oyga nisbatan 3 pog‘ona pastlagan va 11-pog‘onani band etdi. Shohjahon yana WBA reytingida to‘rtinchi, IBF reytingida esa oltinchi o‘rinni egallab turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.