O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyiga Tracker berildi

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyiga Tracker berildi
Yekaterinburgda bokschilari jahon chempioni bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Marat Qurbonovga Prezident sovg‘asi – Tracker avtomobili va 100 million so‘m pul mukofoti berilgan.

«Mehnatlarimizni munosib taqdirlayotgan hukumatimizga o‘z minnatdorligimni bildirib qolaman. Bunday natijalar qayd etishimizda bir jamoa bo‘lib ishlayotganimizning o‘rni katta. Nasib qilsa, kelasi yil Tokioda o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ham o‘zbek boksining nimalarga qodir ekanini yana bir karra namoyish etib beramiz», degan Marat Qurbonov.

Xabaringiz bor, barcha bokschilar mashinalar, uylar, pul mukofotlari olib bo‘lishgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.