Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 700-golini urdi

Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 700-golini urdi
\"Yuventus\" klubi va Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi navbatdagi ulkan natijani qayd etdi.

Aniqrog‘i, 34 yoshli futbolchi kecha Yevro-2020 saralashidan o‘rin olgan Lyuksenburgga qarshi o‘yinda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi. E’tiborlisi, bu uning professional faoliyatidagi 700-gol bo‘lib tarixga kirdi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu gollarining 5 tasini \"Sporting\" safida, 118 tasini \"Manchester Yunayted\"da, 451 tasini \"Real\"da, 32tasini \"Yuventus\"da va 94 tasini Portugaliya terma jamoasida kiritgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.