Eriksson: "Fergyuson meni o‘ldiraman deb qo‘rqitgan"

Eriksson: "Fergyuson meni o‘ldiraman deb qo‘rqitgan"
Angliya termasining sobiq bosh murabbiyi Sven-Yeran Eriksson \"Manchester Yunayted\"ning sobiq ustozi Ser Aleks Fergyuson bilan munosabatlari haqida gapirdi.
\"G‘alati tomoni u bir kuni menga qo‘ng‘iroq qildi va hol-ahvol so‘ramasdan, baqirib ketdi. O‘shanda men Ueyn Runini termaga chaqirmagandim.

O‘sha paytda u meni o‘ldirmoqchi deb o‘yladim. U menga: \"Seni o‘ldiraman\", deb aytdi. Biroq o‘sha paytda ko‘z oldimga Angliya termasi keldi va bunday bo‘lishi mumkin emasdi.

U menga Runi haqida gapirganidan keyin: \"Meni tinch qo‘y, o‘zingning ishlaring yaxshimi?\", deb javob berdim. Shunda ham u menga baqirib tashlagandi\", - dedi shvetsiyalik.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.