"Barselona" 7 daqiqada 3ta gol o‘tkazib, "Levante"ga mag‘lub bo‘ldi

"Barselona" 7 daqiqada 3ta gol o‘tkazib, "Levante"ga mag‘lub bo‘ldi
Ispaniya chempionatining 12-turida \"Barselona\" klubi \"Levante\" jamoasi maydoniga safar qilishdi. Qiziqarli kechgan bahsda maydon egalari iroda namoyish qilib g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob birinchi bo‘limning 38-daqiqasida Messining penaltidan kiritgan goli bilan ochildi. Tanaffusdan keyin maydon egalari murabbiyidan yetarlicha ko‘rsatmalar olgan ko‘rinadi 61-daqiqada Kampanya, 63-daqiqada Mayoral va 68-daqiqada Radoya ketma-ket \"Barselona\" darvozasini aniq nishonga olishdi.

Ispaniya chempionati 12-tur
Levante – Barselona 3:1 (0:1, 3:0)
Gollar:
0:1 – 38, penalti Messi, 1:1 – 61 Kampanya, 2:1 – 63 Mayoral, 3:1 – 68 Radoya.

Levante – Fernandes, Vezu, Klerk, Postigo, Miramon, Bardi (Rochina, 62), Melero, Radoya, Kampanya (Kabako, 87), Mayoral, Morales (Vukchevich, 82).
Barselona – ter Stegen, Langle, Semedu, Serdji Roberto, Pike, de Yong, Artur (Fati, 66), Vidal (Buskets, 64), Suares (Karles Peres, 41), Grizmann, Messi.
Ogohlantirishlar: Artur (12), Bardi (52), Grizmann (56), Pike (66), Langle (67), Serdji Roberto (81), Fati (86).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.