«Yuventus» «Milan»ni mag‘lub etib, peshqadamlikni «Inter»dan qaytarib oldi

«Yuventus» «Milan»ni mag‘lub etib, peshqadamlikni «Inter»dan qaytarib oldi
Foto: Twitter
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 12-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv yakuniga yetdi.
Turinda «Yuventus» «Milan»ni qabul qilib, Paulo Dibalaning 77-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga uch ochkoli bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng turinliklarning ochkosi 32 taga yetdi va jamoa 31 ochkoga «Inter»ni quvib o‘tib yana A Seriya peshqadamiga aylandi. Milanliklar esa 13 ochko bilan 14-o‘rinni band etib turibdi.

«Yuventus» – «Milan» 1:0
Gol:
1:0 – 77 Dibala.

«Yuventus» – Shchensni, Kuadrado, Bonuchchi, de Ligt, Aleks Sandro, Bentankur, Pyanich, Matyuidi (Rabio, 70), Bernardeski (Duglas Kosta, 61), Iguain, Ronaldu (Dibala, 55).

«Milan» – Donnarumma, Konti, Leo Duarte, Romanoli, Teo, Lukas Paketa (Rebich, 85), Bennaser, Krunich (Bonaventura, 61), Suso, Piontek (Rafael Leau, 66), Chalxano‘g‘lu.
Ogohlantirishlar: Krunich (40), Bennaser (45), Kuadrado (56), Teo (89), Chalxano‘g‘lu (90), Suso (90).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.