Professional boks afsonasi Roy Jons Toshkentga kelmoqda

Professional boks afsonasi Roy Jons Toshkentga kelmoqda
Xabib Nurmagomedov ishtirokidagi matbuot anjumani bekorga qoldirilmaganga o‘xshaydi. Chunki professional boks olamining yorqin namoyondalaridan biri kichik Roy Jons ertaga tong saharda poytaxtimizga uchib keladi.

AQShlik afsona o‘zining instagram sahifasida Otabek Umarovning O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi prezidenti bo‘lganligi bilan tabriklab, 23 noyabr kungi ilk rasmiy turnirning bir qismi bo‘lishidan xursand ekanligini yozib qoldirgandi. U Toshkentga kelishga qaror qilgan va o‘z o‘rnida \"Humo Arena\"da o‘tkaziluvchi GFC 20 turnirining faxriy mehmonlaridan biri bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.