KJCH-2019. «Liverpul» 91-daqiqada urilgan gol evaziga finalga chiqdi

KJCH-2019. «Liverpul» 91-daqiqada urilgan gol evaziga finalga chiqdi
Qatarda o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi jaxon chempionatining ikkinchi yarimfinali yakunlandi. Unda «Liverpul» Meksikaning «Monterrey» klubini hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda kiritilgan to‘p evaziga mag‘lub etdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa finalda «Flamengo» va «Liverpul» klublari to‘qnash kelishadigan bo‘ldi. «Al Hilol» hamda «Monterrey» esa 3-o‘rin uchun kurash olib borishadi.

Final va 3-o‘rin uchun o‘yinlar 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

KJCH-2019, yarimfinal

Monterrey (Meksika) – Liverpul (Angliya) 1:2
Gollar:
Funes-Mori (14) – Keyta (11), Firmino (90+1).
Monterrey: Barovero, Medina, Sanches, Montes (Layun, 79), Vanjoni, Ortis, Pisarro (Gonsales, 90), Galyardo, Funes-Mori, Pabon (Mesa, 82), Rodriges.
Liverpul: Alisson, Henderson, Robertson, Gomes, Lallana, Milner (Aleksander-Arnold, 75), Oksleyd-Chemberlen, Keyta, Shakiri (Mane, 68), Saloh, Origi (Firmino, 85).
Ogohlantirishlar: Vanjoni (47), Gomes (58), Galyardo (78).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.