Trampning yoqimtoyi MakGregor va "Kovboy" o‘rtasidagi jangda kimga pul tikmoqchi?

Trampning yoqimtoyi MakGregor va "Kovboy" o‘rtasidagi jangda kimga pul tikmoqchi?
UFC ning yarim o‘rta vazn toifasidagi jangchisi Kolbi Kovington Donald Serrone sobiq chempion Konor MakGregorni mag‘lub etishiga ishonadi.

\"Men “Kovboy”ga pul tikaman. Konor allaqachon bor pulini yig‘ib olgan.
To‘g‘risi, Konor barda stulda o‘tirgan qariyani yiqitolmadiku, qanday qilib u “Kovboy”ni nokautga uchratadi?
”,- dedi Kovington.

Eslatib o‘tamiz: AQSH prezidenti Donald Tramp bilan yaqin munosabatga ega Kovington so‘nggi jangida Kamaru Usmonga beshinchi raundda nokaut bilan yutqazgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.