Ispaniya Kubogi. «Real» va «Barselona» 1/8 finaldagi raqiblarini bilib oldi

Ispaniya Kubogi. «Real» va «Barselona» 1/8 finaldagi raqiblarini bilib oldi
Foto: Twitter
Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi. Qur’aga ko‘ra, «Real» ushbu bosqichda «Saragosa» bilan bahs olib boradi. «Barselona» esa «Leganes»ga qarshi maydonga tushadi. Madridning «Atletiko»sini sensatsion tarzda musobaqadan chiqarib yuborgan «Kultural Leonesa» esa ushbu bosqichda «Valensiya» bilan kurash olib boradi.

1. «Leonesa» — «Valensiya»
2. «Badaxos» — «Granada»
3. «Tenerife» — «Atletik»
4. «Saragosa» — «Real»
5. «Mirandes» — «Sevilya»
6. «Rayo Valekano» — «Vilyarreal»
7. «Barselona» — «Leganes»
8. «Real Sosedad» — «Osasuna»

Uchrashuvlar 28, 29 va 30 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, musobaqaning amaldagi g‘olibi «Valensiya» klubi hisoblanadi. Musobaqada eng ko‘p g‘olib chiqqan jamoalar uchtaligi esa quyidagicha:

1. «Barselona» — 30
2. «Atletik» — 23
3. «Real» — 19
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.