Lyubinko Drulovich O‘zbekiston OTJdan ketdi

Lyubinko Drulovich O‘zbekiston OTJdan ketdi
O‘FA O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich bilan hamkorlikni davom ettirmaydigan bo‘ldi.
\"O‘FA bilan tuzgan shartnomam ertaga rasman yakuniga yetadi. Biz hamkorlikni davom ettirmaydigan bo‘ldik\", - deydi mutaxassis.

Ta’kidlash kerakki, ayni paytda O‘FAda U-23 Osiyo Chempionati yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, serbiyalik murabbiy OTJni o‘tgan yili qabul qilib olgandi. Drulovich qo‘l ostida olimpiyachilarimiz U-23 Osiyo chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egallagan holda, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.