Parimatch Premer Kubogi. "Rostov" Moskva klubiga imkoniyatni boy berdi (video)

Parimatch Premer Kubogi. "Rostov" Moskva klubiga imkoniyatni boy berdi (video)
“Match Premer” telekanali tomonidan har yili o‘tkazib kelinadigan Parimatch Premer Kubogining ilk tur uchrashuvi “Spartak” hamda “Rostov” o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bahsda \"Spartak\" futbolchilarining qo‘li baland keldi. Moskvaliklar tarkibida Reziuan Mirzov dubl qayd etdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida \"Rostov\" futbolchilari hisobni qisqartirishdi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov (\"Rostov\") o‘yinning birinchi bo‘limida to‘liq harakatlandi va ikkinchi bo‘lim avvalida zahiraga olindi.

Parimatch Premer Kubogi
«Spartak» — «Rostov» — 2:1
Gollar:
Mirzov, 49 (1:0). Mirzov, 75 (2:0). Xadjikadunich, 89 (2:1).

«Spartak»: Maksimenko (Rebrov, 46), Rasskazov (Yeshenko, 46), Kutepov (Jigo, 46), Djikiya (Gaponov, 46), Maslov (Markitesov, 46), Ayrton (Melgarexo, 46), Zobnin (Til, 46), Bakalyuk (Kral, 46), Guliyev (Bakayev, 46), Shyurrle (Glushenkov, 46), Ponse (Mirzov, 46).

«Rostov»: Pesyakov (Baburin, 46. Sedov, 49), Kozlov (Logashov, 46), Osipenko (Dolgov, 46), Chistyakov (Cherkes, 46), Vedernikov (Chernov, 46), Saplinov (Zaynutdinov, 46), Normann (Yeremenko, 46), Mamayev (Popov, 46), Osinov (Proshlyakov, 46), Bayramyan (Kojemyakin, 46), Shomurodov (Xadjikadunich, 46).

Ogohlantirishlar: Shyurrle, 8. Djikiya, 11. Normann, 44.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.