Noyerning mum nushasi madam Tyusso muzeyiga qo‘yiladi

Noyerning mum nushasi madam Tyusso muzeyiga qo‘yiladi
Noyerning mum nushasi madam Tyusso muzeyiga qo‘yiladi

Dushanba kuni Berlindagi madam Tyusso muzeyiga Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyerning mum haykali qo‘yiladi.

2014 yilda jahon chempioniga aylangan Noyer taqdimot marosimida shaxsan ishtirok etadi.

\"Albatta, bu men uchun katta faxr. Bu juda ajoyib ish, men o‘z nushamni ko‘rishga shoshilib ketyapman. Uni ko‘rishga qiziqib ketyapman\", - deydi Noyer.

Ta’kidlash joiz, jahon chempionining nushasi haqiqiysiga o‘xshashi uchun undan 256 o‘lchovlar va barcha rakursdan 150 ta fotosurat olindi. 20 ta usta 4 oy davomida ish olib borishdi. Shuningdek, bu muzeyda Germaniya terma jamoasining sobiq posboni Oliver Kanning ham mum haykali joy olgan.

Manba: www.Stadion.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.