Eldor Suyunov: "Paxtakor"da bosim yo‘q

Eldor Suyunov: "Paxtakor"da bosim yo‘q
\"Shahr Xodro\" bilan uchrashuv arafasida \"Paxtakor\" darvozaboni bo‘lajak o‘yinga oid fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Bo‘lajak raqib to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
- \"Shahr Xodro\" jamoasi haqida deyarli ma’lumotga ega emasman, ammo ularning tarkibiga qaraganimda Eronning mashhur va yoshi kattaroq futbolchilaridan 2-3 nafari shu jamoada o‘ynayotganini ko‘rdim.

- \"Paxtakor\" va o‘zbek jamoalari Eron jamoalari bilan muvaffaqiyatli o‘ynashadi. Ular bilan o‘yinlar qanday kechadi?
- Statistika bo‘yicha \"Paxtakor\" va umuman o‘zbek klublari Eron jamoalari bilan o‘yinlarda natijalari ijobiy bo‘lsa-da, ularga qarshi o‘ynash doim qiyin bo‘lgan. Chunki eronliklar jismonan juda baquvvat va arab klublariga nisbatan tartibli futbol namoyish qilishadi.

- Dastlabki g‘alabadan so‘ng jamoada kayfiyat qanday?
- Bizda doimgidek kayfiyat juda yaxshi. Chempionlar ligasida har bir qo‘lga kiritilgan ochkoning ahamiyati yuqori ekanini yaxshi bilamiz, lekin shu bilan birga jamoada bosim yo‘qligini aytib o‘tgan bo‘lardim.

Manba: \"Paxtakor\" rasmiy sayti
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.