"Liverpul" Yevropada birinchi bo‘lib YECHL yo‘llanmasini naqd qildi

"Liverpul" Yevropada birinchi bo‘lib YECHL yo‘llanmasini naqd qildi
Xabaringiz bor \"Chelsi\" kecha APLning 26-turida o‘z maydonida \"Manchester Yunayted\"ga 2:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

E’tiborlisi, ushbu o‘yin natijasi \"Liverpul\"ni Yevropada birinchi bo‘lib kelgusi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga sabab bo‘ldi. Hozirda 4-o‘rinda borayotgan \"Chelsi\"ning \"Liverpul\" bilan oradagi farqi naqd 35 ochkoni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Yurgen Klopp boshchiligidagi jamoa ayni damda 76 ochko bilan premer-ligada yakka peshqadamlik qilmoqda. Ular 30 yillik tanaffusdan so‘ng yana APL chempionligini qo‘lga kiritishga juda yaqin turishibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.