«Chelsi» futbolchisi ham koronavirus yuqtirib oldi

Foto: AFP/Getty Images
Londonning «Chelsi» klubi yarimhimoyachi Kallum Hadson-Odoini koronavirus yuqtirib olganini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 19 yoshli futbolchining COVID-19 koronavirusi uchun topshirgan testi ijobiy javobni ko‘rsatgan. Hozirda u bilan yaqin aloqada bo‘lgan barcha o‘yinchilar, murabbiylar va klub xodimlari izolyatsiyaga olingan.
«Virus aniqlanganiga qaramay, Kallum o‘zini yaxshi his qilmoqda va mashg‘ulotlarga qaytishni intizorlik bilan kutmoqda. Biz unga tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz», - deyiladi London klubining bayonotida.
Ma’lumot uchun, bungacha Italiyaning «Yuventus» va «Sampdoriya» klublari futbolchilari, «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta ham ushbu virusni yuqtirib olishgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Londonning «Chelsi» klubi yarimhimoyachi Kallum Hadson-Odoini koronavirus yuqtirib olganini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 19 yoshli futbolchining COVID-19 koronavirusi uchun topshirgan testi ijobiy javobni ko‘rsatgan. Hozirda u bilan yaqin aloqada bo‘lgan barcha o‘yinchilar, murabbiylar va klub xodimlari izolyatsiyaga olingan.
«Virus aniqlanganiga qaramay, Kallum o‘zini yaxshi his qilmoqda va mashg‘ulotlarga qaytishni intizorlik bilan kutmoqda. Biz unga tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz», - deyiladi London klubining bayonotida.
Ma’lumot uchun, bungacha Italiyaning «Yuventus» va «Sampdoriya» klublari futbolchilari, «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta ham ushbu virusni yuqtirib olishgandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













