Terma jamoalar va klublarning o‘rtoqlik o‘yinlari hamda mashg‘ulotlari ham to‘xtatildi

2020 yil 16 mart sanasidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida rejalashtirilgan futbol bo‘yicha barcha musobaqalar vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, ichki musobaqalar bilan bir qatorda turli yoshdagi terma jamoalarimizning rejalashtirilgan xalqaro o‘rtoqlik va rasmiy o‘yinlari hamda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari ham vaqtincha qoldirildi.
Ishonamizki, koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar yaxshi samara beradi va o‘zbekistonlik futbol muxlislari yaqin vaqt oralig‘ida yana katta futbol musobaqalarini kuzatish imkoniga ega bo‘lishadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Manbaning ma’lum qilishicha, ichki musobaqalar bilan bir qatorda turli yoshdagi terma jamoalarimizning rejalashtirilgan xalqaro o‘rtoqlik va rasmiy o‘yinlari hamda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari ham vaqtincha qoldirildi.
Ishonamizki, koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar yaxshi samara beradi va o‘zbekistonlik futbol muxlislari yaqin vaqt oralig‘ida yana katta futbol musobaqalarini kuzatish imkoniga ega bo‘lishadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













