Qozog‘iston klubi koronavirus sababli futbolchilariga maosh to‘lashdan bosh tortdi

Qozog‘iston klubi koronavirus sababli futbolchilariga maosh to‘lashdan bosh tortdi
Foto: KazFootball
Qozog‘istonning «Kaspiy» futbol klubi koronavirus pandemiyasi sababli futbolchilarining shartnomasini muzlatdi, deya xabar qilmoqda KazFootball.

Mazkur klub rahbariyati jamoaning asosiy futbolchilariga mavjud favqulotda vaziyat sababli ular bilan tuzilgan shartnomani 15 aprelga qadar to‘xtatgani haqida xat yuborgan. Agar mamlakatdagi favqulotda holat cho‘ziladigan bo‘lsa, mos ravishda shartnomaning amal qilmaslik muddati yana uzaytiriladi.

Bu boradagi hujjat klub rahbari vazifasini bajaruvchi Yerlan Yesimov tomonidan imzolangan.
«Kaspiy» klubi Qozog‘iston chempionatining joriy mavsumdagi dastlabki ikki turini mag‘lubiyat bilan boshlagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.