Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionati O‘zbekistonda translyatsiya qilinadi

Foto: Twitter/@kleague
UzReport telekanali futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionati translyatsiya huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda telekanal rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, Key-Liga chempionligi uchun asosiy da’vogarlar ishtirokidagi bahslarni translyatsiya qilish rejalashtirilgan. Telekanalning ilk namoyishi 10 may kuni bo‘lib o‘tadigan «Kanvon» — «Seul» uchrashuvi bo‘ladi. Ikrom Aliboyev jamoasi ishtirokidagi bahs Toshkent vaqti bilan 12:30 da boshlanadi.
8 may sanasida start olgan Key-Ligada to‘rt nafar o‘zbekistonlik futbolchilar ishtirok etadi. Ular: Ikrom Aliboyev («Seul»), Jamshid Iskandarov («Sonnam»), Rustam Ashurmatov («Kvanju») va Doston Tursunov («Pusan Ay Park»).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!UzReport telekanali futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionati translyatsiya huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda telekanal rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, Key-Liga chempionligi uchun asosiy da’vogarlar ishtirokidagi bahslarni translyatsiya qilish rejalashtirilgan. Telekanalning ilk namoyishi 10 may kuni bo‘lib o‘tadigan «Kanvon» — «Seul» uchrashuvi bo‘ladi. Ikrom Aliboyev jamoasi ishtirokidagi bahs Toshkent vaqti bilan 12:30 da boshlanadi.
8 may sanasida start olgan Key-Ligada to‘rt nafar o‘zbekistonlik futbolchilar ishtirok etadi. Ular: Ikrom Aliboyev («Seul»), Jamshid Iskandarov («Sonnam»), Rustam Ashurmatov («Kvanju») va Doston Tursunov («Pusan Ay Park»).
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













