UFC. Uzoq kutilgan Fergyuson - Getji jangi kutilmagan natija bilan yakunlandi

UFC. Uzoq kutilgan Fergyuson - Getji jangi kutilmagan natija bilan yakunlandi
AQSHda koronavirus sabab yuzaga kelgan uzoq tanaffusdan so‘ng dastlabki UFC turniri tashkil etildi.
UFC 249 turnirining markaziy jangida Toni Fergyuson Jastin Getjiga qarshi oktagonga chiqdi. Ushbu bahs vaqtinchalik chempionlik kamari uchun tashkil etildi.

5 raundga mo‘ljallangan bahs to‘liq 5-raundda yakuniga yetdi. Bahs davomida asosan Jastin Getji ustunlik qildi. Toni Fergyuson o‘zidan kutilgan jangni namoyish eta olmadi. Beshinchi raundga kelib Toni Fergyusonning o‘tkazib yuborilgan zarbalari natijasida hakam jangni to‘xtatdi va u texnik nokautga uchradi.

Endi Jastin Getji yengil vaznning vaqtinchalik chempioni va u navbatdagi jangini Xabib Nurmagomedovga qarshi o‘tkazadi.
UFC. Uzoq kutilgan Fergyuson - Getji jangi kutilmagan natija bilan yakunlandi
UFC. Uzoq kutilgan Fergyuson - Getji jangi kutilmagan natija bilan yakunlandi

Manba: olamsport.com
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.