K Liga. Bugun Doston Tursunov jamoasi peshqadamga qarshi o‘ynaydi

K Liga. Bugun Doston Tursunov jamoasi peshqadamga qarshi o‘ynaydi
Janubiy Koreya K ligasida bugun 3-tur bahslari yakuniga yetadi.

O‘zbekistonlik himoyachi Doston Tursunov to‘p tepayotgan \"Pusan I\'Park\" klubi 2ta turda yuz foizli natija qayd etib, musobaqa jadvalida birinchi pog‘onada borayotgan \"Ulsan Xyunday\" mehmoni bo‘ladi. \"Pusan\" esa dastlabki ikki turda ikki bor mag‘lub bo‘ldi va hozirda 12ta jamoa orasida 11-o‘rinni egallab turibdi.

Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi. Uchrashuvni Futbol TV kanali jonli namoyish etadi.

Manba: Championat.asia
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.