YECHL va YEL musobaqalari "8 final formati"da Lissabonda tugatib qo‘yiladi

YECHL va YEL musobaqalari "8 final formati"da Lissabonda tugatib qo‘yiladi
UYEFA tashkiloti Yevropa Chempionlar ligasi hamda Yevropa Ligasi musobaqalarini oxiriga yetkazib qo‘yish ustida ish olib bormoqda. 17 iyun kuni Ijroqo‘m qaysi kunlari mazkur musobaqalar o‘tishini aniqlab oladi. Bu haqda Uff.uz xabar berib o‘tdi.

Variantlardan biri sifatida «8 final formati» ko‘rib chiqilmoqda. Ya’ni, 1/4 finalga yetib borganlar faqatgina bir marta o‘yin o‘tkazishadi. Jamoalar Lissabon shahrida yashashadi. Ularga shug‘ullanish uchun stadion va turish uchun mehmonxonalar taqdim etiladi.

Bunday qilishdan maqsad — samolyotlarda ortiqcha uchib, vaqt yo‘qotishning oldini olishdan iborat.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.