Ismoilov asosiy jangda Yemelyanenkoni texnik nokautga uchratdi

Ismoilov asosiy jangda Yemelyanenkoni texnik nokautga uchratdi
Foto: «Sport Nation»
«ASA 107» (aralash jang) turnirining asosiy jangida Magomed Ismoilov texnik nokaut hisobiga Aleksandr Yemelyanenkoni mag‘lub etdi. Jang Sochida 24 iyul kuni o‘tkazildi.

Jangning uchinchi raundidayoq hakam bellashuvni to‘xtatdi. Butun jang davomida tashabbus Ismoilov tarafida bo‘ldi — Yemelyanenko unga qarshi biron chora qo‘llay olmadi. Uchinchi raundda Yemelyanenkoning ahvoli yomonlashdi — yuzida katta gematoma hosil bo‘lib, ko‘zlari qondan ochilmay qoldi. Jangni to‘xtatgan hakam Ismoilovning g‘alabasini e’lon qildi.
Ismoilov asosiy jangda Yemelyanenkoni texnik nokautga uchratdi
Foto: «Newsmma.net»
Og‘ir vazndagi ushbu jang Moskvada 3 aprelda o‘tkazilishi lozim edi, biroq koronavirus sababli qoldirilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.