Ronaldu kimligini ko‘rsatib qo‘ydi!

Ronaldu kimligini ko‘rsatib qo‘ydi!
Portugaliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Nunu Gomesh hamyurti Krishtianu Ronalduning “Yuventus”dagi faoliyatiga baho berdi.
- Ronaldu Italiyada ikki marta Skudettoni qo‘lga kiritib, muayyan yutuqlarga erishdi. Biroq, “Yuventus”dek jamoa uchun Italiya chempioni bo‘lishning o‘zi yetarli emas.

Ko‘pchilik, Ronaldu “Real”dan ketganidan keyin so‘nib qolishini kutgandi. Lekin u gollari va takrorlanmas rekordlari bilan kimligini isbotlab qo‘ydi. U yoshiga qaramasdan hamon yuqori darajada o‘ynamoqda
, - dedi Nunu Gomesh.

Ronaldu yakunlangan mavsumda A Seriyada 33 ta o‘yinda 31 ta gol urdi va oltita golli pas uzatdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.